Sevgi kelaverarkan, ketaverarkan

Sevgi kelaverarkan ketaverarkan. Odam 2o dan oshgach qanday qilib bir odamni sevib qolgan bo’lsa, xuddi shunday qilib boshqa odamni ham sevib qolaverarkan. To’g'ri sevgini unutish osonmas, sevgan odamni hayollardan chiqazib yuborish mushkul, lekin bu amalga oshirib bo’lmaydigan ham ish emas. Bu bosh nimalarni ko’rmas ekan, odam har xil qiyinchiliklarni kechib o’tishiga to’g'ri kelarkan.

Yana quyosh charaqlab chiqarkan, xuddi bir yil oldin qanday charaqlagan bo’lsa. U yana qalblarni ilitib, yaralangan bo’lsada yurakni sevib qolshga chorlarkan. Faqat noto’g'ri odamni, faqat yomon odamni sevib qolmaslik kerak ekan.

1 Comment

Muqaddas ayol

Sherali Jo’rayevning “Muqaddas ayol” qöshig’ini eshitib ötirgandim, ushbu sözlari e’tiborimni tortdi

Chorlashganda jim kelsang-da, bekor kelsang-da,
Mast davraga xor kelsang-da nomardlarga zor kelsang-da,
Xor kelsang-da nomardlarga xor kelsang-da,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.

“Bekor kelsangda” sözini eshitdimu, öyladim Halima Xudoyberdiyeva bunday yozmagan bo’lardi. Rostdan ham she’rda yöq ekan bu sözlar, lekin qöshiqqa tushgan. Gap raqqosalar haqida ketayapti, yaxshi ularni ham tushunadigan erkak bor ekan. Balki Sherali Jo’rayevni raqqosalaga boshqacha munosabati ham bo’lgandir, Asilbek Nig’matovni Sheralining “öyinchidan bo’gan o’gli” deyishadi odamlar. Odamlarni hamma gapiga ham ishonib bo’lmaydi, lekin shamol bo’lmasa deyishganidek, yana kim biladi. Man O’zbekistonda bo’lganimda shu haqda so’rab surishtirib, balki biron kitob yozgan bo’lardim. Sherali Jo’tayev haqida, yaxshi gaplar yuradi masalan to’ylarda tekinga xizmat qiganlari haqida. Shuni hammasini yig’sa yaxshi kitob chiqadi.

Asl she’r mana bunday.

MUQADDAS AYOL (Halima Xudoyberdieva)

Oshiqlaring poyingta gul otib ham bo‘ldi,
Xilvatlarda labingdan bol totib ham bo‘ldi,
Va bu haqda kimlargadir sotib ham bo‘ldi,
Sen bari bir muqaddassan,
Muqaddas Ayol!

Avval: «Kel-ey, quchog‘imga to‘l, balq», dedilar,
Unamading, ayol o‘zi ters «xalq», dedilar,
Icholmagach yuz o‘girib, sho‘r, talx, dedilar,
Sen bari bir muqaddassan,
Muqaddas Ayol!

Sen daryosan, o‘pganini qirg‘oq yashirar,
Juftim bo‘l, – deb chopganini har toq yashirar,
Jannatim, – deb quvonmasdan qumloq yashirar,
Sen bari bir muqaddassan,
Muqaddas Ayol!

Asli bu bor ermaklarning borar yeri Sen,
Rostu yolg‘on ertaklarning borar yeri Sen,
Asov otday erkaklarning borar yeri Sen,
Sen bari bir muqaddassan,
Muqaddas Ayol!

Chorlashganda sen kelsang, goh bekor kelsang-da,
Mast davraga bir sarin yel, bir tor kelsang-da,
Xor kelsang-da, nomardlarga goh xor kelsang-da,
Sen bari bir muqaddassan,
Muqaddas Ayol!

Qimtinasan, astagina ko‘tarasan bosh,
Ming yillikdir ko‘zingdagi javdiragan yosh,
Gunohkorlar mingu bitta Senga tegar tosh,
Sen bari bir muqaddassan,
Muqaddas Ayol!

Harir, xushbo‘y badaningda toshlar izi bor,
Ko‘kragingda egilgan ne boshlar izi bor,
Quyosh izi, kuydirgan quyoshlar izi bor,
Sen bari bir muqaddassan,
Muqaddas Ayol!

Qo’shiqdagi talqini:

Oshiqlaring poyingga gul otib ham bo`ldi,
Xilvatlarda labingdan bol totib ham bo`ldi,
Va bu haqda kimlargadir sotib ham bo`ldi,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.

Avval kelib, quchog`ingga to`l, balq dedilar,
Unamading ayol asli ters xalq dedilar,
Yetolmagach yuz o`girib, sho`r talx dedilar,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.

Talpinasan astagina va qo`yasan bosh,
Mingyillikdir ko`zlaringda jovdiragan yosh,
Gunohkorlar mingu bitta, senga tegar tosh,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.

Chorlashganda jim kelsang-da, bekor kelsang-da,
Mast davraga xor kelsang-da nomardlarga zor kelsang-da,
Xor kelsang-da nomardlarga xor kelsang-da,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.

Aslida bor ermaklarning borar yeri sen,
Yaxshi-yomon ertaklarning borar yeri sen,
Asov otdek erkaklarning borar yeri sen,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.

Harir, xushbo`y badaningda toshlar izi bor,
Ko`kragingda egilgan ne boshlar izi bor,
Quyosh o`ti kuydirgan ne quyoshlar izi bor,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.

6 Comments

Kayfiyatim haqida

Qiziq emas ro’yolar

Manosizdir dunyolar

Yo’gotganim yo’q biron

Lek ko’zlarimda armon

2 Comments

Kambag’allik ham baxt

Ötirib ötirib bir tanishim, ayol kishi, esimga tushib ketdi, u köp narsaga erishgan, shved tilini biladi, yaxshi joyda ishlaydi. Har doim mani körib qolsa yaxshi körishadi, bir oyizla bilan tanishaman, bir boraman siz tomonlaga deydi. Keyin öyladim mani nimamdir yoqib qolganda unga, qandaydir odamiy xislatim… axir pulim yöqku. Voy qanday yaxshi deb öyladim ösha payt, biroz yengil ham tortdim, chunki boshimni qotirib ötirishim ham shart emas, pul uchun döstlashdimikin, biron kun kambag’al bölib qolsam u ham g’oyib bölib qolmasmikin deb öylashga hech qanday asos yöq endi. Shunisi ham yaxshi, pulsizlikni eng yaxhi tomoni shu ekan, bosh kamroq qotarkan. Ya’ni bosh qotiradigan narsalar bölmaskan.

Negadir shu yillarda baxt pulda emas degan har bir millatda uchraydigan maqolga ishona boshlayapman. Avvallari doim bahslashardim, yöq puli bölsa odam baribir xursand böladi deb öylardim. Ammo ötgan paytlar bilan solishtiradigan bölsam, qaysidir paytlar yaxshi remontli yaxshi joydan yaxshi uyimiz va tez tez kelib ketib turadigan yaqinlarimiz bor edi. Shu darajani saqlab turish uchun ota-onam ishlashardi va biz ularni haftalab körmasdik. Esimda qolgani faqat ota-onamni kelishlarini kutib har bir kunni sanardim. Yana esa bir sinfdoshim uyimga kelib “Wauu remontila zörakan” degani. Oyim kartoshka qovurgandila non bilan yeyman deb turib olgan :) Biz hech qachon kartoshkani non bilan yemasdik. Ösha paytgacha esa hech sezmagandim yaxshi yashashimizni, man uchun muhimi ota-onamni köproq körish bölgan. Ular ishdan böshashgach har kuni keladiganlar haftada bir keyin esa oyda bir keldigan bölishdi.

Hozir esa avvalgidek yevroremont uyimiz yöq, biznikiga har kuni mehmon kelmaydi, lekin kimdir ham kelsa biz aniq bilamiz bu odam bizni yaxshi körgani uchun kelyapti. Mana shu menimcha baxt, xotirjam bölish!

2 Comments

Ajoyib ovoz!

Ajoyib ovoz, uni hamma eshitib körishi kerak! Adele – Rolling In The Deep.

Qöshiq sözlaridan parcha: You had my heart inside of your hand.

http://www.youtube.com/watch?v=rYEDA3JcQqw

1 Comment

Man birinchi örinni Gruziyaga beraman

Evrovision ham bir siyosat, qaysi davlat yutishi kerak bölgan bölsa ösha davlat yutadi, qöshiq emas. Avvalgi SSSR tarkibida bölgan davlatlar köpincha bir-biriga ovoz beradi. Skandinaviya davlatlari esa qöshnichilik qilib bir-biriga yaxshi baho berishadi. Ovoz berishguncha ham Azerbaijanga 12 ball deyishadi, lekin nega Eldar bilan Nigar yaxshi qöshiq aytishdi deyishmaydi. Xullas qaysi davlat mashxurroq bölishni hohlagan bölsa, e’tibor(turistlar) kerak bölib qolgan bölsa ösha yutadi. Lekin örin tegmay qolgan ammo baribir yaxshi qöshiqlarni odam özi eshitib yursa böladi-ku tög’rimi.

Bu esa menga yoqqan qöshiqlar:

1. Eldrine – One More Day Gruziya(Georgia)dan. Kuchli rock qöshiq. Matni ham sayoz emas. Bir nasaga e’tibor berdim, avval qizning sochi sariq bölgan ekan.

http://www.youtube.com/watch?v=IJ7SGWZt9Zo

2. Ikkita Edwardsifat bolla, egizaklar!

Jedward – Lipstick, Irlaniyadan. Shöx yengil, öziga xos qöshiq.

http://www.youtube.com/watch?v=lowk5BpnWyY

2 Comments

Özim

Dangasaning ingliz tili örganishi – Evrovision körvomman :) ))

1 Comment

Charles Dickensdan retsept(recept)

1. Let them cry

2. Let them laugh

3. Let them wait

Öqituvchim Margareta aytib bergan Charlz Dikkensning yaxshi kitob yozish uchun maslahatlari. Asar odamni yig’latishi kerak kuldirishi kerak va qiziqtirishi kerak. Shu uch xususiyat mujassam bölsa yaxshi asar hosil böladi degan Charles Dickens, Oliver Twist va Christmas carol kabi kitoblari film bölgan yozuvchi.

Oliver Twist – bir yosh bolaning köcha ög’rilari qöliga tushib qolgani haqida. Bu yerda filmini körish mumkin, rus tilida.  http://my-hit.ru/film/2688/online

Christmas carol esa bir xasis chol haqida, ham kulgili ham achinarli hikoya. Rostini aytsam film oxirida rahmim kelgandi ösha ziqna cholga.

Demak, xuddi shulardek dunyoni zabt etadigan asarlar yozish uchun shu uch qoidaga amal qilish kerak ekan-da!

1 Comment

Ishonasizmi, shu soat reklamasi

4 Comments

Burgut qismati (Abdulla Oripov)

BURGUT QISMATI

Esimmga tushadi gohi-gohida
Shunday bir rivoyat, shunday bir o‘git:
Nochoru noiloj qolgan chog‘ida
O’zini toshlarga urarmish burgut.

Men senga iltijo qilurman, egam,
Agar-chi tilimda shukronang bisyor.
Mehringdan mosuvo etma meni ham,
Do‘stlarga zor etma, dushmanlarga xor.

Oqil bo‘lsa hamki, bo‘lsa-da nodon,
Roziman, beribsan farzand yaratib.
Qartaygan chog‘imda, tilanchisimon
Sen ular qo‘liga qo‘yma qaratib.

Kulbai vayronam yetar menga, bas,
Yashayman sabrning koshonasida.
Iloyo, bosh egib yurmayin besas
Takabbur zotlarning ostonasida.

Qarayman sarg‘aygan tund quyoshimga,
Sekin og‘ib borar umrning tuni.
Magar rahm etmasang, tushsin boshimga,
Mayli, o‘sha nochor burgutning kuni.

2 Comments