Archive for Ноябрь, 2009

biroz do’stim, biroz o’zim, biroz blogg haqida !

Do’stimga xat yozayotgandim, buyoqqa kelishimdan oldin unga bir o’giz ham aytmagandim. U esa mandan xafa edi, o’zimni oqlay boshladim: onam sansiz hech qatga ketmiman dedila, man esa oilamiz jam bo’lishini istagandim – deya.

O’sha paytda man onamga ketgim kemayotganini aytgandim. Dadam chet elda bir yildan oshiq yolg’iz edila. Lekin mani dadam bilan fe’limiz bir xil, shu sababli tez-tez urishib qolamiz. Ikkita qaysar nimaniyam kelisholirdi. Shulani fikrlagan holda u yoqdagi kelajagimni hech tasavvur qilomadim. Bu yoqdan esa onam mansiz hich qanaqasiga, mani hich qatga ishonmidila.

Xatimni davom eta boshladim ” mana birlashdik, mani baxtsizligim ustiga”, yo’q keyin o’chirib tashadim, u mani dugonam emasu, dardu hol qilib. U qo’shnim, o’g'il bola. Ko’p gaplashardik, yaxshi tushunadi, ikkalamiz ikki xil tilda gaplashsak ham. U ruschada man o’zbechada. Do’stim rus emas, o’zimizni chekka viloyatdan, agar shevasida gapirsa uni hich kim tushunmidi. U bilan shunaqa yaqin edikki xuddi do’stlikdan ham kattaroq tuyg’u bordek oramizda. Yana bilmadim, uni sevgan qizi bor, mani yigitim boridi. Keyin uni shoirtabiatligi, har bir “qorako’z” ni sevib qolib, she’r bag’ishlidi. Kim u qiz desam -”tog’da bir kun ko’rudim” deydi. Shunday qilib do’st edik.

Aslida sinfdoshla orasida ko’p bo’ladigan “o’g'il bola bilan qiz bola orasida do’stlik bo’ladimi” degan so’rovga birinchi o’rinda man qat’iy yo’q javobini berardim, sababi baribir bir-birini sevib qoladi. “Faqat bir holatda do’stlik saqlanib qolishi mumkin, ikkisining ham boshqa boshqa sevgani bo’lsa, va ularning o’sha sevgisi kuchli bo’lsagina”- deb ta’kidlab o’tardim ketidan. Bunaqa do’stlarimdan esa ikkita. Uff, ikkinchisi man bilan umuman gaplashmayapti, u sinfdoshim, unga xat yozdim, rasm yubordim, tabrik yubordim, hech qanday javob. Pochtasini tekshiradi, o’zini yangi rasmlarini ko’chirib qo’yadi, lekin manga javob yozmidi.

Xullas so’nggi paytlada do’stladan kamlig sezib blogg tuza boshlagandim. Pessimistlikda ayblashlaridan qo’rqib aytolmagan gaplarimni shu yerda yozaman. Bizada blog degan so’z bor bloknot ni bildiradi. Bilmadim inglischada qanaqayu, lekin manga shu ma’nosi yoqadi.

5 Comments

To’rtlik

Tuyuladi dunyo o’shadek

Tuyuladi havo o’shadek

Yurtim tushlarimga kiradi har tun

Go’yoki men o’sha yerdadek.

1 Comment

Xalq

Metroning bir bekatidagi nosozliklar tufayli yarim yo’lda tushib qolishga to’g'ri keldi. Ikki bekat narida metro qatnayverar, lekin o’sha yergacha avtobus olib borishi kerak ekan. Shunaqa deb tushuntirishdi metroni ichida o’tirganimda. Lekin tushilishi kerak bo’lgan bekatda chiqsam odammm, bir 300 tadan oshiq, yurishizni hojati ham yo’q o’zlari olib ketishadi. Xalq bir oqimda ketardiki, xuddi Makkadagidek har bir kishining o’z yo’l chizig’i bor edi.

Tepaga chiqsam avtobus turgan ekan, ammo liq to’lgan, ketdi. Hamma avtobus ketgan tomonga qarab kutardi, xuddi o’sha yerga ketdi, o’sha yerdan keladi deya o’ylab. Har bir odam kimigadir qo’ng’iroq qilib holatni tushuntirar, kechikib borishini aytib qo’yardi. 3-4 daqiqalardan so’ng xalq jim bo’lib qoldi, odamlar yo’lga qarardi avtobus kelmayaptimi deb, kimlardir boshini balandroq ko’targan, kimlardir o’zini u yon bu yonga qimirlatib yo’lni ko’rmoqchi bo’ladi. Men ham oyoqlarimni uchiga chiqib yo’lga qarardim, oldimdagi 3-4 qator odam ustidan. Nazarimda xuddi konsertga kelganman, yo’l esa sahna.  Shu payt tez yordam mashinasining sirenasi eshitildi, odamlani vahima bosa boshladi. “Voy tez yordam shu yerda”, ularni ko’pro shu yerdaligi vahimaga solardi, ya’ni “yordamga muhtoj odam bizlarni oramizda”,  biz ham uning holiga tushishimiz mumkin edi deb o’ylashardi.  Ketidan vertolyot uchib kelayotgandi. Chap tomonda uchayotib to’g'ri biz tomonga qayilganda , odamlar  “bizga qarab kelayapti” deya hayratga tushishdi.  Xalq qandaydir bir arosatda edi, vertolyot qayoqqa kelishini kutishardi. Yonimdagi o’smir esa “man ham shunaqa hohlayman” deydi. Yo’q vertolyot bizaga yetmay o’ngga qayilib ketdi.

Avtobus keldi, (odamlar kutmagan tomondan)  ANA BOSHLANDI , avtobusga chiqvomoqchi bo’lgan odamlar to’planib olganidan ichidagi odamlar tusholmasdi. Hali qolganlar tushib bo’lishmasidan, xalq itarib avtobusga kira boshladi. Xunob bo’lgan odamlar chiqib ketayotib “kutsalaringchi” deya baqirardi. Avtobus zich to’ldi-yu, man sig’madim. Bilmadim qandog’u, lekin ikkita avtobus jo’nadi.

Endi alam qila boshlagandi 3-avtobusga ham chiqolmaganim. Biroz vaqtdan keyin kimdir nimadur deb baqirdiyu, xalq uning ketidan yo’l oldi, albatta men ham. Endi ko’plar yugurardi, manam yugurdim. Odam shunaqa ko’p ediki metroga ham sig’may qolib ketishdan qo’rqdim. lekin bekor. Metroyim 12 daqiqadan keyin keldi. Chiqishga chiqvoldim, tiqilinch, yana ushlaydiganga bitta yigit suyanvogan, orqa kuragi bilan,  o’zini ko’tarolmaskanmi hayronman. Shu turishimda to’g'rimda uchta hind, va bitta qiz o’tirardi. Hindladan , uzru lekin, sassiq hid kelardi.  Joy berish bizada udum emas, maniyam ulani orasida o’tirish niyatim yo’q, lekin manga tikilib qarab ketvotgani jahlimni chiqazdi. Shulardan biri gapirayotib “eyalla” dedi, ey Alloh deganimikin ? Yonimda xotin og’zini qimirlato’vrarkan, hindla bilan gaplashvottimi deb o’ylabman, asabdan bo’lsa kerak. Vagon sal bo’shashi bilan siljib boshqa tomonga qarab turvoldim. Negadir qizg’in gaplashib ketayotgan hindlar jim bo’lib qolishdi “ilhom ketdimi deyman”. Haaa, xalq ichida, har qanday odamlar, har qanday holatlar bo’larkan.

Nihoyat yetib keldim, metrodan chiqayotib odamlar cho’ntaklaridan kalitlarini olayotgani sezilardi. Ya’ni u yon bu yonda shiqirlashlar eshitlardi.  Kalit bu uy degani, bir soatdan oshiqroq yo’ldan keyin shu kalit ovozi dunyodagi eng yoqimli kuy edi !

2 Comments

suratga olishayotganini ko’rib

Bugun o’qishdan chiqayotib, ko’chada bir kishidan intervyu olishayotganini ko’rdim televideniye odamlari. Yonidan o’tib ketdim, keyin esa meni ham televizorda chiqqim kebqoldi. Qaytib borsamu, biron nima so’rashayotgan bo’lishsa manam fikr bildirsam. Shu payt esimga tushdi, bir marta O’zbekiston mehmonxonasi oldidan o’tib ketvossam, kamera qo’yib o’tirishgan ekan, ikki-uch kundan keyin davr tongida ko’rsatishibdi, qizil ko’ylakda o’tib ketvotganimni. O’zim hatto ko’rolmaganman ham, qo’shnimdan eshitdim.  Bu holat haqida fikr yuritayotib o’ylab qoldim ne ma’no bor bir chiqishdan, bir o’tib ketishdan, bir ko’rinib qolishdan va balki hatto bir yashab o’tishdan…

1 Comment

Taassurotlarim

Bugun cherkovga borudim. Bir dugonam bor 16-17 yosh , manga g’amgin tuyuladi bunaqa yoshdagi odam uchun. Past ovozda gapiradi 55 kilo og’irligi bilan. 4 yilcha oldin ota-onasi ajrashgandan keyin shunaqa qayg’uli bo’lib qolgan.

Xullas o’sha o’rtog’im “cherkovga borili, san kemasen onam bilan borishimga to’g'ri keladi” dedi. Bordim, protestant cherkovi ekan, rosa qo’shiq aytishdi, lekin gap bunda emas. Rohiba biram yaxshi ayol ekanki. Voy gapirganda biram mehr bilan gapiradiki. Faqat o’yladimki qanidi hamma odamla ham shunday bo’lsa. Ba’zilar umuman Xudoga ishonmaydi.

Man xristian bo’lmoqchimasman, ulani tarafini olmoqchi ham masman, ammo ateistlaga qaraganda xristianla yaxshiroq. Xristianla har xolda Xudo borligini tan oladi. “Sen eng kuchlisan, senga rahmatlar aytamiz,” deyishdi, keyin “gunohlarimizni kechir” deya iltijo qilishdi.

Noto’g'ri narsalar ham bor, Iso payg’ambarimizning qoni deya vinoga(manimcha vino edi, siyohrangmidiyey) tanga shaklidagi nonni botirib yeyishadi. Yerusalem haqida ham kuylashdi(Isroil bo’sa kerede).

Odamlani bir-biriga munosabati yaxshi, tabassum bilan qarashadi. Manga xuddi din ulani yumshoqroq qilayotgandek tuyuldi.

Balki kimgadir g’alati tuyular bu gaplarim. Lekin ko’p musulmonlani qivotgan ishini ko’rib, har bir yoki har ikkinchi arab anunaqa uzun trubkali bilmadim nomi nima chilimmi o’shanaqa chekadi. Iroqlila bir-birga tegib ketsayam janjallashadi. O’zbela machitga yo’l kira “to’lamay” borishadi. Bir marta kutubxonada yonimda o’tirgan kishi kutubxonachi ayolga so’kindi. Kutubxonachi musiqani pasaytirgin degan edi.

-”musulmonmisan?” , so’ragandi kutubxonachi ayol,

haligi kishi “ha” – deydi.

ayol – ” musulmonlar bunday so’zlarni aytmaydi ” , dediyu ketdi.

Aytmoqchimanki hamma ham gunohkor, bizlar ularni muhokama qilolmaymiz, faqatgina Alloh ularni gunohlarini biladi va faqatgina Alloh ularni kechiradi.

2 Comments

bilmadim

lekin hozircha biron aytadigan gapim yo’q, ayni damda Linkin Parkni qo’shiqlarini eshitvomman. Shu paytlada rock musiqaga qiziqadigan bo’lib qoldim, nimagadir.

No Comments

aha

endi o’xshadi.

No Comments

Salom !

Salom, bu mani birinchi marta blogg yozishim.

1 Comment