Archive for Январь, 2010

Voy egizaklarey !

Xullas Tokio Hotel dagi bolaning rasmini ko’ray degandim(rosayam qiz bolaga o’xshab ketadi-de). Yoshligidagi rasmlarini qaravossam, 89-yil 1-avgustda egizak akasidan 10 daqiqa keyin tug’ilgan ekan. Akasini qidirsam ikkalasi bir xil. To’g'ri bu hali kichkinaligidagi rasmlari ulani, lekin hozir kichigi ko’zini qop-qora qilib bo’yab olgan, kattasi peshonasiga bir nima o’rab olgan. Ikkalasi bir guruhda ekanu, sezmagan ekanman ! Ukasi gitarada ekan.

O’ylaganim shu bo’ldiki, agar uni o’rniga buni ko’zini bo’yab chiqarvorishsachi sahnaga ?! Yulduz bo’lish ko’p kuch va ko’p harakatni talab etadi, shuningdek ko’p vaqt ham ajratish kerak. Ko’o'o’p konsertlar… Bularning hammasiga bir odam ulgurishi qiyin. Haaa, umid qilakamanki ular bunday qilishmagan.?

6 Comments

Man bilgan she’r.

Har kuni kechqurun Oriyat-Dono radiosida Sanjar Sa’dullayev she’r o’qiydilar. Ularni ovozlarini tinglash bu mani sevimli mashg’ulotim. Qanaqadir dard bor shu odamning ovozida, ichki bir dard. Shunday o’tkirlik borki bu ovozda, faqat aql bilan yo’nish mumkin bo’lgan o’tkirlik(har bir yurakka kirib boruvchanlik).  So’zlash ohanglari esa odamni o’ylatib qo’yadiki, xuddi shu insonning ichidan “men shuni his qilib turibman hozir” degan bir sado chiqayotgandek tuyuladi.

Sevgi nedir, bilmasman aslo

Ko’zlaringga tikilgancha jim,

Ayroliqni o’ylayveraman.

Sevgi nedir, yo’q yo’q bilmasman

O’rtar ekan hijron yurakni,

Ko’zlaringni sog’inar ko’zim.

Albatta, bu she’rni ming marta o’qigandan ko’ra bir marta Sanjar Sa’dullayevdan eshitib qo’ya qolgan yaxshiroq. Afsuski imkonim yo’q she’rni ovozli ravishda taqdim etishga, lekin O’zbekistondagilar bemalol radioni yoqib eshitishlari mukin. Menda eshitishga ham imkon yo’q, ammo “rivojlanish” deganlaridek, balki shu tasmalar netga ham yozilib qolar !

5 Comments

Rang-baranglik va har xillik.

Rang-baranglik va har xillik bu mani chuqur o’y surishga majbur qiladigan omillardir.

2 Comments