Archive for Февраль, 2010
Mening maqsadim !
Posted by birinson in Hamma narsa haqida fikrlarim. on 28.02.2010
Bir sovuqqon odamning fikrlari jahlimni chiqazdi. U odam o’zi manga yoqadi, lekin bunchalik sust fikrlashini bilmagan ekanman. Masalan uning bir yaxshi ko’rgan odami yo’qligi, birontani yaxshi ko’rib keyin esidan chiqarvorishi, umuman kimnidir uzoq vaqt yoki yonib sevmaganligini eshitib, mani u haqdagi ko’p fikrlarim noto’g'ri ekanligini anglab yetdim.
Uni og’ir bosiqligiga qoyil qolardim, agar shunaqa odam bilan yashasam hayotim bulutsiz osmondek tiniq bo’ladi deb o’ylagandim. Lekin bosiq fe’llilar odamlarni kamroq qadrlashi, ularga sovuq nazarda bo’lishi ham mumkin ekan.
-”biron odamni yaxshi ko’rsam bir ikki kun ko’rmagandan keyin esimdan chiqib ketadi.”
-umuman esizdan chiqib ketadimi ?
-yo’q sklerozmasmanu.
Undan qanday insonni u qattiq sevib qolishi mumkinligi haqida so’radim, aniq maqsadi qandayligi haqida. Javob olmadim. O’rniga sizdan bunday gaplar chiqadi deb o’ylamagandim degan so’zlarni eshitdim.
Kelajak ko’p odamlarni o’yga solib qo’yadigan mavzu, manimcha u ham shuni o’ylab ketdi. Shu turishda qayoqqa boraman debmi. Men shunday qo’ygandimki savolni, uni hozirgi ahvoli yordamsiz tuyulib ketdi unga. O’zini bo’m-bo’sh his qildiyu, chuqur o’yga tushib ketdi keyini haqida. Lekin bu hozir emasmi ? Kelajak, o’tmish ammo bularni o’rtasida hozir degan vaqt ham borku. Odam 22 yosh bo’lsa unga hozir kerakmasmi juftini topish. Yoki keyiin o’o'o’ 30 yoshlaridami.
Man buni hozir deb hisobliman, man hozir qidiryapman. Haqiqiy sevgini izlayapman. Chin dildan yonib seva oladigan insonni. Butun borlig’im bilan his qilishni hohlayman bu tuyg’uni. To’g'ri bunday bir yongan sevgi uzoq davom etadi degan hech qanday kafolat yo’q. Biroq meni hozir bu so’zlar bilan qo’rqitib bo’lmaydi. Qancha marta taqdir o’yin qilganda taslim bo’ldim. Sinfdoshlarim, do’stlarimni tashlab ketdim lekin endi kurashmoqchiman. “Voy man ko’chib ketarkanman, demak taqdir emaskanda”, – derdim. Yo’q endi hech qanday hodisa meni taqdir emas deyishga majbur qilolmaydi, oxirigacha kurashaman endi sevgim uchun, o’lgunimga qadar!
Falsafa, safsata.
Posted by birinson in Hamma narsa haqida fikrlarim. on 27.02.2010
Narsalarimni yig’ishtirayotib sumkamni qirilgan joylariga ko’zim tushdi. Haa eskirayapti. Hech narsa abadiy emaskanda deb öylab qoldim, hech narsa insonni umrining oxirigacha xizmat qilib berolmaskan. Eng chidamli narsa Alloh yaratgan biz odamlar.
O’zi yaqinda olingan, sumkam, kuzni o’rtalarimidi. Kuzdan o’tibdi-yu, qishdan chiqolmapti-da. Man shunaqa qishni 20 tasini kechirganman. Man chidamliroq ekanman-da !
Bahor nafasi !
Posted by birinson in Hamma narsa haqida fikrlarim. on 25.02.2010
Bugun bizda bahor havosi hukmron. Kechadan o’tgan kuni shunaqa qahraton sovuq ediki, minus 13va undan baland edi, buyam kunduzi. Yakshanba bo’lishiga qaramay cho’milgim kemagandi.
Kecha esa shu uch haftaning ichida birinchi marta Quyosh charaqladi. Bugun aslida -8 daraja sovuqni va’da berishgandi, lekin manimcha bundan issiqroq bo’ldi. Issiqdan kurtkani zamokini qadamay yurish mumkin edi. Ammo qor erimagan, demakki havo plyus darajaga isimagan, faqat iligan.
Bugunning gazetasidagi rasm xursand qildi odamni, bir shifoxonani oldida skameykada o’tirib quyoshda toblanayotgan odamlar suratga tushirilgandi. Suratl kechagi kundan bir lavha edi. Bir ayol oyoq kiyimini va bosh kiyimini ham yechganda skameykaga chordana qurib o’tirib olgan. Shapka, sharf uni ustiga kurtkaning kapishoni bilan o’zini himoyalab olgan odamlarning faqatgina ko’zlarini ko’raverib xorgan dilim bu ochilishni ko’rib biroz bardamlashdi. Yana ozgina qoldi va hammasi yengillashadi: ko’chada qiynalib harakatlanish, sirpanib ketishdan qo’rqish, metrolarning kechikishi-yu bekatlarda soatlab turib qolish, oyoqlarning muzlashi va kun nihoyasida tomir tortishishi, og’ir ust kiyimlar, xalqning tund kayfiyati hammasi hammasi o’zgaradi, hammasi yaxshilanadi. Mana shu umidni berardi bugungi iliq havo va kechagi mehribon quyosh!
O’zimcha
Posted by birinson in Hamma narsa haqida fikrlarim. on 20.02.2010
O’zimcha nimadur qilmoqchi bo’ldim, o’zimcha nimanidir o’zgartirmoqchi bo’ldim, o’zimcha nimalardandir charchagandimu, o’zimcha nimalardir jonimga tegib ketgandi. Har o’tayotgan daqiqa azob berardi, har bir so’z boshimga og’riq bo’lib kirardi.
O’zimcha yangi hayot boshlamoqchi bo’ldim ! Narsalarimni yig’ishtirdim, bir varaq xat yozib ketib qoldim.
O’zimcha kiyimlarimni olamanu ketaman deb o’ylagandim, lekin kiyimdan tashqari ham narsalarim ko’p bo’lib, ular shunaqa og’ir bo’lib ketdiki, bir jilka setka to’ldi. O’ziyam bir qop narsa edi, ko’tara olmadim, lekin hammayoq qor bo’gani uchun yaxshi sudraldi. Metroga chiqdim “sudralib”, 45 minutlik yo’ldan keyin tushdim, xuddi meni buncha uzoqqa hech kim izlab kelmaydigandek.
Endi man ko’chada edim, endi man Uysizman !
O’zimcha o’ylagandimki uydan chiqib ketib keyin uy qidirgan yaxshi deb. Saytla bor, u yerda odamlar “bitta xonamni ijaraga beraman” deb e’lon yozishadi. Biroq o’sha bittagina xonani topish ham unchalik oson emas ekan. Ko’plar odam topib bo’lgan, qolganlar esa o’zing haqingda ma’lumot yubor deyishadi. Haaa, bir 3-4 kunni oladigan protsess ekan bu.
Endi ancha vaqtga ko’chada edim.
Havo judayam sovuq, yana yukim ham bor edi. Uni kutubxonaga kirib bir stolning tagiga qo’ydimu, o’zim internet titkilay ketdim, lekin hayolim baribir sumkamda, birov olib ketib qolsa umuman hech narsasiz qolardim.
Shu payt telefonim ham pand berardi, sim kartamda bir tiyin pulim qolmagan ekan. Boshqa sim karta qo’ydimda bu musofir yurtdagi bittayu bitta dugonamga sms yubordim. Bugun juma, hali soat 12, u o’qishda deb o’ylab qo’ng’iroq qilmagandim, soat 4 gacha undan javob kelmagandan keyin qo’ng’iroq qilib so’ray boshladim. Manga faqat narsalarimni uni uyiga tashab ketishim kerak edi.
O’ylagandimki, shu sumkam bo’lmasa nimadir osonlashadi deb.
Davomi bor…
Bugungi quyosh!
Posted by birinson in Hamma narsa haqida fikrlarim. on 11.02.2010
Bugun har doimgidek poyezdda uyquga keta boshlayotgandim. Birdan juda qattiq yorug’lik tusha boshladi yuzimga. Shundoq ko’zlarimni ochib qarasam quyosh menga qarab charaqlayapti. Quyoshning nurlari faqat yuzimga tushsada, ko’nglimga iliqlik olib kirdi. “Endi quyosh chiqayapti, endi quyosh chiqadi!”. Bahor degan fasl ham borligi esimga tushib qoldi.
Dekabrning o’rtalaridan yog’a boshlagan qor, ustma-ust yig’ilib hammani shoshirib qo’ygandi. Ko’chada yurish qiyin, yo’llardagi qorning ustiga tuz va qum aralashmasi sepishgan, eritish uchun, lekin qor butunlay erimagan, natijada beg’ubor oppoq qor loyqa rangli shilta bir quyuqroq suyuqlikka aylangan. Uni ustidan yurish daryoni kesib o’tishdan ham qiyinroq. Haa, endi shunday yo’ldan 5 daqiqalik masofani 10 daqiqada bosib bekatgacha kelgan odamlar poyezdining kechikayotganini ham eshitishga majbur. Shaxsan man 3 haftadan beri tinmay duch kelib yuribman poyezd kechikishlariga, xatto bugun ham o’qishimga 12 minutga kechikib bordim.
Odamlar jaxldor bo’lib borayotgandi, agressiya kuchayardi, lekin endi quyosh chiqdi-ku hammasi yaxshi bo’ladi. Yo’llar chetida to’planib qolib odam bo’yidan ham baland devorni tashkil qilayotgan qorlar eriydi endi. Tarnovlardagi katta katta, go’yo tushib ketadigandek ko’rinayotgan sumalaklar suv bo’lib oqib tushadi. Bahorda tabiat uyg’ongandek insonlarda mehr uyg’onadi. Endi yorug’ kunlar keladi!
Chet eldagilar.
Posted by birinson in Hamma narsa haqida fikrlarim. on 09.02.2010
Bugun Youtubeda Angliyadagi o’zbelani ko’rdim, bittasi tuxum barak pishirvotti, ikkinchisi videoga ovotti. Angliyada, Amerikada va Yevropada ko’p hozir o’zbekla. Ko’plari erkaklar. O’zlariga o’zlari ovqat pishirishadi, o’zlari kiyimlarini yuvishadi, o’zlari uylarini supurib artishadi.
Biz bilan ikkita kvartirant turadi, biri gavdali, tog’ni ursa talqon qiladigan kuchi boru, lekin ayollarga hamma sirni ham aytmaslik uchun yetadigan aqli yo’q, ikkinchisi ozg’in bo’yi ham baland emas, lekin siyosiy quvvati bor. Ikkisi ham 40 dan oshgan, ajrashgan. Anu gavdalisi hozir 3 ta non yopdi, duxovkada, a nargisi faqat konserva baliq yidi.
O’zi ikkalasiyam manga yoqmidi, ammo rahmim keladi. Manku oilam bilan man, ota-onam yonimda. Ular esa yolg’iz.
Bundaylar juda ko’p bizda. Mani eng hafa qiladigani ularning uborka bo’yicha ishlashi, yulduz Usmonova qo’shiq aytibdi Egib bo’lmas o’zbekni deb, yo’q o’zbe egib bo’lingan.
Bu achchig’u, lekin haqiqat, avval rusla endi esa o’z hukumatimiz bizni kemirvotti. Aholi esa tashqariga chiqvolyaptiyu (xuddi yong’indan qochgandek), biroq hech biri yordam chaqirmayapti.
Ilhomim yo’qoldi, ilhomim ketdi, ilhomim yo’q
Posted by birinson in Hamma narsa haqida fikrlarim. on 07.02.2010
Nima bo’sayam, anchadan beri hech narsa yozolmayapman. Shu hafta juda band edim, judayam yuklangan. Ko’p joylaga borish keregidi, ko’p muammola boridi, ko’p masalal hal qilishga… Ikkita testdan o’tdim ingliz tili va matematika. O bu ingliz tili 3 soatli testdan Jinni bo’p chiqqandim! Aancha esimdan chiqib ketgan ekan inglizcha.
O’zimcha kurslaga yozilib chiqdim. Lekin man yashidigon joy shaxarga kirmaskan, shuni chun shaharda o’qishga ruxsat bermadi “qishlog’im”. Haaa, Yevropani shunaqa injiqliklari ham bo’larkan.
Shu yoqqa keganimdan beri bemalol o’tirib birnarsa yozganim esimda yo’q. Boshqa olamga tushib qoldimu, unga mahliyo bo’lib o’z olamimni unutib qo’ydim. Boshqa oqimga qo’shilib ketdimu, o’z yo’lim bo’sh qoldi, men sug’orishim kerak bo’lgan ariqlar qurimoqda, qaqshamoqda. Ularga tiriklik bag’ishlab turgan irmoq katta bir daryoga qo’shilib ketganu, o’sha daryoning ulkanligida sezilmay ketgan. Hech kim sezmaydi daryoning bir irmoqqa ko’payganini, lekin ariqlar qurib tars keta boshlaydi.
Mani muammoyim man ko’p orqaga qaravomman. Mashinada ko’p orqaga qarovrsa odam, nima bo’ladi, avariya. Demak, man o’tmish haqida o’ylamasligim kerak, dadam aytganlaridek hamma O’zbekistondagi tanishlarimni, do’stlarimni unutishim kerak.
O’o’ albatta, 3-4 ta eng yaqin do’stlarimni hisobga omaganda, arzirli narsa yo’q edi u yoqda, har kuni ko’chada maktabdoshlarimga “qalesan, qalesan” deb o’tib ketish, yoki bironta g’iybatchirog’ini tutvolib gap so’rash, ” voy rostanmi” dib uni eshitish,.. Ha bular muhim narsalar emas, unutib bo’lmaydigan emas. Lekin shu mani har kunim edi, shu mani hayotim edi.
O’zbekistonni havosi ilhom berardi manga, bahorgi shamol, kuzgi yomg’ir, qishda chiqqan quyosh, yozdagi salqin tonglar…umuman O’zbekistondaligim manga zavq bag’ishlirdi, o’z yurtimdaligim!
O’tar kunlar, o’tar haftalar,
G’amli yurak horg’in tebranar.
Axir o’zga barcha narsalar
Qalbda esa bitmas yaralar…
Uchib ketdim bu diyordan
Ushalmagan orzularimla
O’chib ketdim bu diyordan.
Bu davom etolmayotgan she’rlarimdan biri, har kungi bulutli havo, ustma ust yog’gan qorlar charchatdi mani. Bugun faqat quyosh chiqdi, balki shunga blogg yozvotgandirman, tushki soat 1 larda biroz charaqladiyu, soat 3 da yana tund bo’ldi. Kayfiyatim ham shunaqa tund, tumanli. Bilmadim ilhomimni qayerda yo’qotdim yoki qayerda tashlab keldim, aniq bilganim, charchadim, qattiq charchadim.

