Narsalarimni yig’ishtirayotib sumkamni qirilgan joylariga ko’zim tushdi. Haa eskirayapti. Hech narsa abadiy emaskanda deb öylab qoldim, hech narsa insonni umrining oxirigacha xizmat qilib berolmaskan. Eng chidamli narsa Alloh yaratgan biz odamlar.
O’zi yaqinda olingan, sumkam, kuzni o’rtalarimidi. Kuzdan o’tibdi-yu, qishdan chiqolmapti-da. Man shunaqa qishni 20 tasini kechirganman. Man chidamliroq ekanman-da !


#1 by Mashrab on 02.03.2010 - 00:15
Rasmini ko’raylik sumkangizni
#2 by bir inson on 09.03.2010 - 05:42
Rasmini qo’ydim, faqat sumkani o’zi emas, bir qismi.
http://birinson.blogger.uz/wp-admin/upload.php
#3 by Mashrab on 10.03.2010 - 10:49
Rangi zo’r-ku, oyoq buyimingizni ham rangi shunaqami?
#4 by bir inson on 13.03.2010 - 17:08
Yo’q oyoq kiyimim qizil
, yomon ko’zladan chalg’itadi, buni Afrikaliladan o’rganganman.
#5 by Avaz Ibragimov on 14.03.2010 - 21:39
Afrikaliklar yana nimalarni o’rgatishyapti?
#6 by bir inson on 15.03.2010 - 08:59
Ko’p narsalani. Masalan: Ma’shallah deyishni, arab tilida sen deb murojaat qilishganda qizlarga inte bollarga inta deb murojaat qilinishini, Somaliyalik ayollar bu yerda chodir kiyib yursalarda Somaliyada ular umuman bunaqa narsani kiymasligini, qora rangli odamlarning tuki bo’lmasligini va ular oq odamlarni “tukli”lar deb atashini va yana shunga o’xshash qiziq ma’lumotlarni.
#7 by Avaz Ibragimov on 15.03.2010 - 20:52
Chodir kiyib? Bu nima degani?
#8 by Shuhrat Dehkanov on 16.03.2010 - 03:49
Chodir deganda “paranji/niqob” demoqchila shekil…
#9 by bir inson on 16.03.2010 - 07:01
Bilmadim bu so’zni to’g'ri yozganmanmi, lekin bu oooldin bizada kiyib yurishgan paranjidaqa narsade, faqat yuzi ochiq. Xatto qo’llari ham ko’rinmaydi ularni. Ularnig o’zlari bu yopinchig’ini “Burq’ah”deb atashadi. Arablar “Burq’ah”, afg’onlar “Chadari” deb atashadigan hijobning bir turi. Rasmini ham qo’ydim.
Bu o’zlariga ham noqulay, bu yerlik aholiga umuman yoqmidi. Manimcha uni o’rniga chiroyli bir hijob ro’molini o’rashsa ajoyib bo’lardi.
#10 by bir inson on 16.03.2010 - 07:02
Ha, xuddi shuni aytmoqchidim.
#11 by Avaz Ibragimov on 16.03.2010 - 21:03
Ha, mana biz “tukli”lar endi tushundik buni
#12 by yukorojo on 17.03.2010 - 04:36
a bu sumkani qayta tiklash mumkin..
#13 by bir inson on 19.03.2010 - 17:14
hehe
#14 by bir inson on 19.03.2010 - 17:26
Ha lekin man qilolmasam kerak buni. Birovga olib boradigan bölsam tiklatish uchun, bizada qo’l mehnati eng qimmat turadigan narsa hisoblanadi. Aytmoqchimanki maishiy xizmat, masalan sartaroshlik, poyabzalsozlik xizmatlari qimmat. Erkelani ikki marta soch oldirish uchun to’laydigan puliga soch oladigan mashinka sotib olsa bo’ladi, oyoq kiyim tuzatadigonla esa ish yöqligidan kalit yasash, brilokla sotish bilan ham shug’ullanishadi. Yaxshisi yangi olaman.