Bir sovuqqon odamning fikrlari jahlimni chiqazdi. U odam o’zi manga yoqadi, lekin bunchalik sust fikrlashini bilmagan ekanman. Masalan uning bir yaxshi ko’rgan odami yo’qligi, birontani yaxshi ko’rib keyin esidan chiqarvorishi, umuman kimnidir uzoq vaqt yoki yonib sevmaganligini eshitib, mani u haqdagi ko’p fikrlarim noto’g'ri ekanligini anglab yetdim.
Uni og’ir bosiqligiga qoyil qolardim, agar shunaqa odam bilan yashasam hayotim bulutsiz osmondek tiniq bo’ladi deb o’ylagandim. Lekin bosiq fe’llilar odamlarni kamroq qadrlashi, ularga sovuq nazarda bo’lishi ham mumkin ekan.
-”biron odamni yaxshi ko’rsam bir ikki kun ko’rmagandan keyin esimdan chiqib ketadi.”
-umuman esizdan chiqib ketadimi ?
-yo’q sklerozmasmanu.
Undan qanday insonni u qattiq sevib qolishi mumkinligi haqida so’radim, aniq maqsadi qandayligi haqida. Javob olmadim. O’rniga sizdan bunday gaplar chiqadi deb o’ylamagandim degan so’zlarni eshitdim.
Kelajak ko’p odamlarni o’yga solib qo’yadigan mavzu, manimcha u ham shuni o’ylab ketdi. Shu turishda qayoqqa boraman debmi. Men shunday qo’ygandimki savolni, uni hozirgi ahvoli yordamsiz tuyulib ketdi unga. O’zini bo’m-bo’sh his qildiyu, chuqur o’yga tushib ketdi keyini haqida. Lekin bu hozir emasmi ? Kelajak, o’tmish ammo bularni o’rtasida hozir degan vaqt ham borku. Odam 22 yosh bo’lsa unga hozir kerakmasmi juftini topish. Yoki keyiin o’o'o’ 30 yoshlaridami.
Man buni hozir deb hisobliman, man hozir qidiryapman. Haqiqiy sevgini izlayapman. Chin dildan yonib seva oladigan insonni. Butun borlig’im bilan his qilishni hohlayman bu tuyg’uni. To’g'ri bunday bir yongan sevgi uzoq davom etadi degan hech qanday kafolat yo’q. Biroq meni hozir bu so’zlar bilan qo’rqitib bo’lmaydi. Qancha marta taqdir o’yin qilganda taslim bo’ldim. Sinfdoshlarim, do’stlarimni tashlab ketdim lekin endi kurashmoqchiman. “Voy man ko’chib ketarkanman, demak taqdir emaskanda”, – derdim. Yo’q endi hech qanday hodisa meni taqdir emas deyishga majbur qilolmaydi, oxirigacha kurashaman endi sevgim uchun, o’lgunimga qadar!
#1 by Ravshan on 28.02.2010 - 20:05
Се ля ви…
#2 by komiljon on 01.03.2010 - 00:12
notog’ri fikr, uning uchun o’ylash.
#3 by bir inson on 09.03.2010 - 06:20
hmmm, balki shunaqadir, lekin bunday deb qo’l siltab ketish kerak emas deb o’ylayman, man bu gapni eng oxirida aytaman ungacha esa kurashaman.
#4 by bir inson on 09.03.2010 - 07:02
Haliyam uni uchun. Lekin odamning hohishlarida aniqlik bo’lishi kerak. Bu narsani odam o’zi bilmay ko’p vaqtini o’tkazvorishi mumkin.
Mandan bittasi idealing kim deb so’raganidi, manam javob beromagandim. Shunda u faqat pessimist(hayotdan umidi yo’q) odamning ideali bo’lmaydi degan. Keyin man shu haqda o’ylay boshladim va ideal tugul hayotimda bir aniq maqsad ham qo’ymaganligimni tushunib qoldim.
Ammo hozir hammasini aniq o’ylab olganman, va o’sha odam ham o’z hayotini aniq bir yo’lga qo’yib olishini hohlayman. Odam har xil muammolar bilan shaxsiy hayotini aniqlashtirib olmaganini sezmay yuradi, nima istaysan deyilganda javob berolmaydi-yu, lekin aslida shu savolga javobi bo’lsa hayoti osonlashishi mumkinligini hayoliga keltirmaydi. Buni faqat chetdagi odam payqashi mumkin. va unga shu haqida aytishi kerak. Keyin esa siz aytganizde uning uchun o’ylash, keyin faqat u o’ylashi kerak !
#5 by bir inson on 09.03.2010 - 17:04
Mana shu yozuv yoki Post(Mening maqsadim) nimasidir noto’liq dib o’ylavomman. Mavzuyam ikki xilmiyey. O’sha do’stimning dunyoqarashi va mani maqsadim bir biriga tushmayapti. To’ldirishga urindim, lekin bitta dialog qo’shib qo’ya oldim.
Boshqa birov o’qiganda yaxshiroq sezadi, xatolarimni. Iltimos aytvorila qayog’ini olib tashlagan yaxshiyu, qaysi joyini davom ettirish kerak ?