Archive for Март, 2010
Bugunning rasmi. Toshlar.
Posted by birinson in Hamma narsa haqida fikrlarim. on 23.03.2010
Qorlar erigandan keyin ishsiz qolgan toshlar. Metro bekatidagi. Bu mayda toshlarni qorni ustiga sepishadi, odamlar sirpanmasin deb. Shag’al desa ham bo’ladi. Odatda bu toshlar qor ustiga siyrak qilib sepiladi. Ularni aynan metro bekatlariga juda ko’p sepishadi, chunki bir odam sirpanib poyezd yo’liga tushib ketsa uning uchun hech qaysi haydovchi butun boshli metroni to’xtatmaydi. Bu yerda ko’p marta sepishgan ko’rinadi. Qor erigandan so’ng ortiqcha ko’rinyapti. Hech qisi yo’q, qish tugagandan keyin chang yutgichga o’xshagan narsada yig’ib olib ketishadi.
Navro’z ?
Posted by birinson in Hamma narsa haqida fikrlarim. on 22.03.2010
Navro’z bayramiga islom dinining munosabati qanday ekan deb internetni titkilagandim kecha, “Navro’z zardushtiylardan qolgan bayram, islomda yo’q bunday bayram, shuning uchun uni nishonlamaslik kerak” deyilgan ekan. Yana boshqacha ham gap bor edi Obidxon qorining videolari, ularning aytishlari bo’yicha Alloh aytgan ekan ” sizlarning ikki bayramingiz bor edi, biz sizga ikkita bayram berurmiz endi faqat shularni nishonlaysizlar” deb, bu man tushunganim.
Man eshitganim esa (odamlardan) umuman to’g'ri kelmaydigan narsalar. Bugun sinfdoshlarim bilan gaplashsam turklar va afg’onlar Navro’zni 20-martda nishonlashibdi. Birinchidan bu boshqa dinning bayrami bo’lsa nega uni turklar ham afg’onlar ham nishonlaydi, axir ularning ikkisi ham musulmonku ? Ikkinchidan nega o’sha turklar ham afg’onlar ham Navro’zni 20- mart kuni nishonlaydi, 20-ning tunida yangi yil kirib keladi deb hisoblasharkan ular. Biz esa uni 21-kuni tongda nishonlaymiz, 31-dekabrdagi yangi yil bayramida soat kechki 12 gacha uxlamaymizku, navro’z ham xuddi shunday bayram.
Haa ko’rinib turibdi, biz Navro’zni umuman boshqacha nishonlaymiz, yangi yil sifatida eams, kun bilan tun teng bo’ladigan sana sifatida va bunday kunda odamlar qariyalar holidan xabar olishi, eski ginalarni unutishi kerak deymiz . Unday bo’lsa nega din peshvolari Navro’zni nishonlashga qarshi, qo’yib berila odamlar qarilarni xursand qilishsin, urushib qolganlar yarashsin. Nima xojati bor umuman ta’qiqlashni, to’g'ri yo’lga qo’yish kerak, bo’ldi. Ta’qiqlash kerak joylari bor albatta, lekin man gapirsam yarashmas, bu yoqda, boshqa shaharda o’tirib oliiib.
Odamlardan ko’p eshitaman u mukinmas bu mumkinmas, bilasmi bir kitobni 100 odam o’qisa kitobning ma’nosini yuz xilda tushunishi mumkin, lekin shartmi “faqat man o’qiganman” deb boshqalarni ishini noto’g'ri deyish, gunohga botayapsan deb ayblash ? Bu gaplarni aytayotganim, bir forumga kirib qolgandim kecha, o’sha yerda shunday ayblovlarga ko’zim tushgandi. keyin o’zimni ham ayblashgan harom yeyapsan deb bir Iroqlik kishi, tovuq go’shtidan tayyorlangan sasiskalani qo’liga ovolib. “Bo’ynidan bismilloh deya so’yilmaganmi demak halol emas” degandi u o’shanda. Hozir o’sha Obidxon qorining videolarida ko’rdim, odam chet elda yashaganda o’sha yerliklar so’ygan hayvonlarning go’shti, o’sha yerlik aholi o’z dini(nasroniy yoki yahudiy)ga amal qiladigan bo’lgan holatda halol hisoblanarkan. Go’shtda muhimi kim so’yishi emas, so’yilishi ekan. Man Qur’onni boshidan oxirigacha o’qib chiqmaganman, lekin xudoga shukrki o’qigan narsamni to’g'ri tushunaman. Odamlar esa noto’g'ri tushunchalari bilan boshqalarni ko’nglini og’ritib yurishadi. Navro’zni nishonlab gunohga botayapsan deyishadi, balki odam keksalarni ko’rib kelgandir, balki odam xayriya qilgandir, aytmoqchimanki kimlardir yaxshilik qilgandir, kerakmi ularni ham kayfiyatini buzib. Navro’zni qanday nishonlagan yaxshi ? Bayram qilibmi, xursandchilik qilibmi yoki boshqalarni xursand qilibmi ? Blog ahli, sizlarning fikrlaringiz qanday ?
Hech ob-havo dasturi ko’rayotib yig’laganmisiz ?
Posted by birinson in Hamma narsa haqida fikrlarim. on 21.03.2010
Bugun Navro’z edi. Ertalab O’zbekistondagi Navro’z konsertini ko’rmoqchi bo’ldim, qidirib qidirib Yoshlar telekanalini topdim, afsuski vaqtlarimiz orasida 4 soatlik farq borligi uchun bayram tugab bo’lgan edi. U yerda tushlik payti edi, Qalpoq degan ko’rsatuv tugadi-yu ob-havo dasturi berila boshladi. Sekin-sekin viloyatlarning ob-havo ko’rsatkichlari chiqib kelyapti, Farg’ona +10, +12. “O’o'o’ isib qolibdi-ku O’zbekiston” – deb o’ylab qo’ydim, shu o’ylagancha shundoq derazamga boqsam ne ko’z bilan qarayki, pag’a-pag’a bo’lib qor yog’yapti. Va shu damlarda Ob-havo dasturi ham davom etayatgandi, Qashqadaryo +13, +15 daraja… Ana endi mani ko’zlarimdan yoshlar chiqib ketdi. Nega qor yog’yapti shu bugun ? Axir bahor-ku bugun, bayram-ku bugun. Bir kun quyosh kulib boqsa bo’lmaydi-mi. Butun mamlakat, barcha odamlar bahorni sog’ingan, nega qish tugay demaydi. To’g'rimda komyuter monitorida issiq sonlar chiqib kelayapti +10, +12 kabi, chap tomonga qarasam qor yog’ayapti. Qanchalik iliq bo’lmasin bu ma’lumotlar, lekin ular bir hayol, ro’yo esa bu derazaning ortidagi beg’ubor oq rangidagi qor. Virtual olamda o’z yurtini ko’rishim mumkin, o’zimni qanchadir vaqtga uyidadek his qilishim mumkin, lekin haqiqiy dunyoda man ertaga shu sovuqda, shu qorni kechib o’qishga borishim kerak, kurtka, sharf, shapkaga o’ranishim kerak. Buni ustiga qo’lqoplarimni ham topib qo’yishim shart. Bundan bir oy oldin qo’lqopimni tushirib qo’yib qo’lyalang yurgandim, bir-ikki kun ichida qo’lim mushuk timdalab tashagandek shilinib ketdi. Muzlagan teri tez shikastlanarkan, oddiy biron narsa tegib ketsa ham timdalab o’tarkan.
Hozir qish haqida fikrlarim ijobiy emas, lekin men qishni yomon ko’raman demayman, qishni yaxshi ko’raman, faqat oktyabrning o’rtalaridan boshlanib mart oyida ham davom etayotgan qishni emas. Qorni ham yaxshi ko’raman, ammo 13- dekabrdan beri hammayoqni qoplab o’tirgan va 21-martda ham bezrayib yog’votgan qorni emas. Har fasl ham meyori bilanda.
Men esa meyorni O’zbekistonning fasllari bilan o’lchayman. U yerda qanday bo’lsa, Shvedsiyada ham shunday bo’lishi kerak deb o’ylayman, o’z kallamda.
Erishib bo’lmaydigan baxtga orzuga,
Yetisholmay qiynalar qalbing yuraging .
Tohir Sodiqovning qo’shig’idan. Erishib bo’lmaydigan narsa haqda o’ylaganda odam faqat o’zini o’zi qiynaydi. Endi boshqachasiga o’ylashim kerak, boshqacha fikrlashim kerak, qorga ham o’rganishim kerak. Seshanba kuni yana qor yog’arkan, man yaxshisi ketdim qo’lqopimni qidiray.
Mening sevimli qo’shig’im !
Posted by birinson in Hamma narsa haqida fikrlarim. on 20.03.2010
Mening eng sevib eshitadigan musiqam bu Andrey Gubinning Milaya moya qo’shig’idir. Endi musiqani fahmlay boshlayotganimda Andrey Gubin va Alsu ning qo’shiqlarini ko’p eshittirishardi televideniyedan, esilada bo’lsa 30-kanalda “tabriklar” dasturida har kuni shu ikki qo’shiqchini klipini albatta ko’rsatishardi. Busiz ko’rsatuv o’tmasdi. Manga Milaya moya ko’proq yoqardi, hech jonimga tegmaydi shu qo’shiq qancha eshitsam ham, keyinroq chiqqan qo’shiqlardan Sting ning Desert rose ni takror takror eshitganman ikki kunning ichida, hozir ham yoqimli, o’shanda umuman tushunmasdim nima deyatganini. ” Ajivurey eley eley” deb yurardim
Endi bilsam, Sting iliq yomg’ir haqida orzu qilgan ekan. Lekin Milaya moya ning so’zlarini aniq bilardim, yod ham olgandim. Farrux akam bilan takror takror aytgan edik bir marta osmonga qarab olib. Yoz , havo issiq, osmon ham musaffo edi o’shanda. Bolalik xotiralarim ham bog’liq bu qo’shiq bilan. Shuning uchundir balki hech qachon jonimga tegmas. Axir bolalik davridan totli damlar bormi !
Birinchi qadam, ikkinchi uchrashuv.
Posted by birinson in Hamma narsa haqida fikrlarim. on 19.03.2010
Maqsad qo’ygandim o’zimga ko’ngli yaqin inson topmoqchi edim. Tanishuv saytiga kirdim, odam rosa ko’p, lekin eng ko’pi 18-19 yoshlilar va 33+ lar. Manimcha o’sha ikkalasidanam ko’pi turkla edi, chunki bu saytni o’zini qurd do’stimdan ogandim. O’zimni rasmlarimni qo’ydim, ko’plar xat yoza boshladi. Chatlashdim. Bittasi hafa bo’lib qoldi(turk), “san boshqalar bilan yozishvossan”. Rostanam 2-3 tasiga javob yozvotgandim. Lekin u aniq ko’rib turgandek gapirdi. Chorshanba kuni o’sha bilan uchrashdim ham. Qizil kurtka kiyganman degan odam, qora kurtkada ekan. Oldimdan o’tib ketib, keyin chaqirdi, daxshata, nima deb o’ylagan bo’lishi mumkin, “boraman, bitta qarab yoqmasa o’tib ketovraman”. Chunki rasmini qo’ymagan edi saytga, bitta rasmi bor, lekin man bu qaysidir aktyorni rasmi bo’lsa kerak deb o’ylagandim. 27 yoshman deganu, lekin 30 ko’rinadi.Kelishi bilan telefoni jiringladi, gapirdi gapirdi-yu lekin “22″ deganida e’tibor qila boshladim, bu son turkchada ham biz aytgandek aytilarkan. Man haqimda gaplashvotudi, lekin ohangidan unga jaa yoqib qoganga o’xshamasdim, hich qisi yo’q uyam manga yoqmadi. Telefonni uyog’idagi odam 2 -3 marta so’radi qanaqa ekan deb, chunki ancha ming’irlab o’tirdi. Keyin man bilan gaplashaa boshladi, o’zi rasm amerikalik aktyorning rasmi ekanligini aytib berdi. Eng qizig’i ” agar man singlimni birov bilan ko’rib qoganimda man uni shu zahotiyoq urardim ” degan gapi bo’ldi, aniq bilmadim kimni urardiyu, lekin bunaqa qo’lini tiyolmaydiganlardan uzoqroq yurgan yaxshi. Ha o’shanda u aytdiki kurdlar ham turklar ham shunday qiladi, deb (singlisiga nisbatan). Chatda unga yozgunimcha bir yarim qurd yarim turk bola ham yozayotgandi manga, manam javob berib turgandim, o’zi aeroprtda ishlidi va 4 ta akasi bor. Hozirgi uchrashib turganim ham aeroprtda ishliman deb qoldi. Demak ular aka-uka ekanda. Ana bo’masam. Tag’in kim sanga telefon qilgandi boya deb so’rasam ukam deydi. Haa, bu mani birinchi omadsiz uchrashuvim emas. Ammo birinchi marta internet orqali topgan odamim bilan uchrashganimda bilardim uni qanaqa ko’rinishini. U paytlar man o’zbeklar bilan tanishmoqchi edim. Bir oycha sms yozishgandik u özbek bola bilan. Uchrashib shundo tashqariga chiqsak, “mani u ko’rib qomasin, mani bu ko’rib qomasin, shuyerni aylanib o’taylik” deya boshladi, keyin man o’qituvchimni ko’rib qolib so’rashib tursam, u yo’q, naaariyoqqa ketib qopti. Savdo rastalari boridi, o’sha yoqqa borib narsa ko’rvotgan odam bo’lib yuribti. Hozir eslasam kulgilidek tuyuladi, lekin o’sha payt jahlim chiqqandi, ko’nglim qobketib, xafa bo’gandim.
U o’zbek edi va mani aldamagandi. Mana bu turk esa gapini boshidan oxirigacha yolg’on. Ikkita uchrashuv, ikki xil odamlar lekin bir xil natija. Man o’ylagan odam emas. Lekin hafta tugagani yo’q hali
, faqat yana qadamlar qo’yishga o’zimda sabr topolsam bo’ldi.
10-hafta oxiri
Posted by birinson in Hamma narsa haqida fikrlarim. on 14.03.2010
Bizda ish va o’qish kunlarini hafta bilan sanashadi. Masalan, “10-haftada imtihon topshirasila” deb aytadi o’qituvchimiz. O’tgan safargi darsda esa 11-hafta payshanbadagi darsda choy ichamiz deb qoldi, man keyingidan keyingi hafta bo’sa kere deb o’yladim. Yonimdagi forsiy qiz “biz bayram nishonlimiz” dedi, Navro’z deb o’ylagandim. Bugun qarasam Navro’z yakshanbaga to’g'ri kevotti. Man hali ulaga o’z yurtimda bo’ladigan Navro’z bayramini ko’raman deb kelganman. Xullas manashunaqa hafta bo’yicha sanab, odammi chalkashtirishadi.
Manam umrimni hafta bilan hisoblamoqchiman. Yangi yurtda yashar ekanman, yangicha “kunni hisoblash tizimi”ga o’tishim kere. Xo’sh shu o’ninchi haftada nimalar qildim, hammasi esmida yo’g'u. Lekin hozir eng miyyamni band qilib turgani bu – tanishuv saytlariga a’zo bo’lganim. Rasmimni qo’ydim va rostakam ismimni yozdim. Lekin bu yerliklarga tanishuv uchrashuv emas, ko’proq undan u yog’i kerak ekan. Omadim kemayapti.
Lekin kim bilandir tanishishdanda ko’proq qayoqqadir ketvorgim kevotti. Yo’q, aniq bir davlatga, Yevropani ichida. U yoqda bitta man yaxshi taniydigan tanishim bor. Lekin u mani kutmaydida, yana kim biladi. Faqat ikki uch oydan beri unga yozgan xatlarimga javob kelmayapti. U o’zbek, u bilan avval ko’rishganman, hozirgi internetdan topgan notanishlarimdan ko’ra, u tomonga ko’proq tortayapti yuragim.
Okey, nimalar qilganim haqida gapirvotudim. Rasmga tushdim yaxshiyam, peshonamga qizil toshmalar toshib ketibdi bugun. Payshanba kunimi, ikkita o’zbelani ko’rudim metroda, telefonini baland qilib o’zbecha ashula eshitvotudi. Uyimga kevotudim, u ikkalasi velidan ketvotganakan, bittasi tushib qolib orqamdan kela boshladi, bilmiman nimaga endi. Uyga yaqin qolgandim, tez-tez yurib kirib ketdim.
Aytgancha bankdan pulimni oldim baribir. Stipendiyamni ! Endi tish do’xtiriga tishimga shundo bitta qarab ” voyyy qurtlabdi-yu” deb qo’ygani uchun 50 dollarga yaqin pulni to’lashim kerak.
Bu mening o’ninchi haftam edi.
Meni bankka borganim…
Posted by birinson in Hamma narsa haqida fikrlarim. on 13.03.2010
Kechadan oldin kunimi yoki undan oldinmi bloggda yozgandim bankka borishim kerak deb, lekin bo’lmadi. Kompyuterni oldida o’tirib o’tirib soat to’rtlarda borsam bank yopiq. Hayron bo’ldim, odamlani o’qishi bor, odamlani ishi bor, demak biron band odamning bankka ishi tushsa bitirolmay ketarkande. Tovba kim uchun ishlidi bula, lekin aniq odamla uchun emas. Chunki odamla uchun ishlidigan oziq – ovqat do’konlari soat kechki 9 gacha ishlidi.
Shu haqda fikrlagancha odamlarni bankdan ko’ra ko’proq o’ylaydigan do’kon(butik)larga yo’l oldim. O’zi jahlim chiqib turgan edi ishim bitmagani uchun, butikka kirib hamma yangi kiyimlani terib chiqdim kiyib ko’rgani. Keyin krasovkalani rasmga tushirdim. Xullas, mana shunaqa rasmlar hosil bo’ldi.
Bu ko’ylakning yengi yo’q, uni odatda yengil kurtka bilan kiyishadi, bu yer Yevropa bo’lsada odamlar ochiq sochiq kiyinmaydi. Faqat o’smir yoshidagila yengil kiyinadi, lekin ular ham aqli kirguncha.
Nimagadir shu pistonla moda bo’lib qolgan. Bizada do’ppiga tikishadi buni adashmasam.
Bu ishlaydigan ayol qizlarning eng sevimli koftasi. Uzun, keng va qulay !
Bu esa o’smir qizlarning hammasi kiyadigan shim. Oyoq bilan bir xil kenglikda ketadi toki to’pig’gacha. O’sha o’smir qizlarning o’ylashi bo’yicha qomatni chiroyli ko’rsatadi.
Buni shortikni bilmadim, chiroyli ko’ringani uchun oludim, lekin kiyganda chiroyli turmaskan.
Haaa, modellga hamma narsa yarashadi.
Manga judayam yoqib qolgan futbolkalar uncha qimmat ham turmaskan. bir 15 dollarga to’g'ri keladi narxi.
Bu esa “Qoralar” ga qizigadiganlar uchun. Gotlar deyishadimi ularni ? Gotland degan orol bor. U yerda hamma uylar oq rangda. Chunki orolda ohak ko’p va uylar o’sha ohakdan qurilgan. Gotlandiya oq bo’lsa nega Gotlar qora ?
Krasovkalaga rosa qiziqamande. Qolgan rasmlar ta’rifsiz ketadi.
Murojaatnoma
Posted by birinson in Hamma narsa haqida fikrlarim. on 09.03.2010
Blogimga komment yozgan, ya’ni fikrlarini bildirib ketgan odamlarga javob yozmagan ekanman. Sizlardan uzr so’rayman javob yozolmaganim uchun, shu kunlarda juda band edim(o’qish, ko’chish kabi muammolar bilan). Bugun o’qishim yo’q aslida bir ko’p bahslarga saba bo’lgan hodisa haqida gapirib bermoqchi edim, lekin hozir bankka borib bir muammoimni hal qilib kelishim kerak.
Faqat aytib qo’ymoqchimanki man unchali yovvoyi emasman, savollaringiz fikrlaringiz javobsiz qolmaydi. Qimattli barmoqlarini ayamay komment yozganlar uchun esa Rahmat !
Speciell moments in your life.
Posted by birinson in Hamma narsa haqida fikrlarim. on 02.03.2010
Dushanba kungi ingliz tili darsidagi muhokama qilish uchun berilgan mavzu “Special moments in your life” edi. O’sha payt hayolimga 5-mi 6-mi sinfda o’qiyatgan paytim qorli kunlarning birida Ilhom bilan qor odam yasaganimiz esimga tushib ketdi. Lekin darsda umuman boshqa narsani gapirib berdim. Chunki mandan avval gapirgan ikki ayol qayg’uliroq narsala haqida gapirishgandi, manam ularning mavzusini davom etdim.
Mandan avval hikoya qilganlardan birinchisi Somaliadagi hayotning qiyinligi haqida gapirdi. Chunki mani yonimda o’tirgan serbialik, otiyam nimedi, xullas qo’shiqchi Glyukozaga o’xshagan qiz musulmonla haqida hamma narsani bilmoqchi edi. O’zi hammayoni o’sha kasha qildi. “Turmush o’rtog’ila bilan qanday qilib tanishganilani aytib beringlar” deb turvolib. Somalialik ayol ham bopladi “u mani qo’shnim bo’lgan” deb, keyin rosa kuldi. Glyukozaga o’xshagan qiz uni mavzudan tashqari savollar bilan to’ldirib tashladi. Ana shundan keyin Somailadagi urushlar va musulmonlarning Somaliada qanday turmush qurish-yu qanday ajrashishlarigacha bilib oldik.
Ikkinchi bo’lib hikoya qilgan ayol uchun esa turmush mavzusi og’riqli mavzu ekan. Shunga qaramay u ham gapini hazil bilan boshladi, “birinchi turmush o’rtog’im bilan qanday tanishganimni aytib beraymi yoki oxirgisi bilan qanday tanishganimnimi ?”. Bundan oldin ikki marta turmush qurgan ekan u O’zbekistonlik koreys ayol .
Man esa internetda tanishgan bir yigit bilan uchrashishga kelishganim,uchrashuv man uchun speyshl moment bo’lishi mumkin edi-yu, ammo xafsalam pir bo’lgani haqida gapirdim. Suhbat oxirida manga internet orqali tanishmaslikni maslahat berishdi. Koshki shuni qilsam, man uchun shundayki, har bir ishni boshlaguncha muvafaqqiyatsizliklar uchraydi. Ularni faqat yengib o’tish kerak deb o’ylayman.
Hozir feysbukdagi do’stlarimni qarayotib yozgi maktab esimga tushib ketdi. Aslida shu maktabda o’qigan onlarim o’sha o’zgacha onlar ekanlgini anglab yetdim. Yozgi maktab – bu iyul oyidagi darslarning nomi, o’zi iyul oyida nima qilish mumkin bo’lsa yozgi deya boshlab ataladi. Masalan yozgi ish, yozgi ta’til, yozgi uy. Bu bir oylik maktab ertalab 9 dan tush payt 2 gacha davom etib, ona tili, matematika(kim hohlasa) darslarini va pljajga sayohat, piknik, sport majmuasiga tashrif, sinfda kino ko’rish kabi mashg’ulotlarini o’z ichiga olardi. Albatta tushlik ovqatimiz ham ta’minlangan edi. Manga hammasidan ham piknik yoqardi, piknikka chiqadigan kunlarimiz gamburger va kola berishardi tushlikka. Suv bo’yiga borardik. Plyajniku aytmasa ham bo’ladi qanaqa go’zalligini. Golf o’ynagandim, Mohammedali degan yosh o’qituvchi o’rgatib turgandi. Keyin u yerda yaxshi do’stlar orttirganman. Hozir ularning ikkitasi bilan gaplashib turaman feysbukda. Mana shu o’tgan yilgi iyun oyi o’ziga xos yoqimli bo’lgan. Dilimning bir chekkasida saqlanib turadi iliq xotira bo’lib. O’sha maktabda o’qigan paytlarim – mening hayotimdagi o’zgacha onlar.
















