Dushanba kungi ingliz tili darsidagi muhokama qilish uchun berilgan mavzu “Special moments in your life” edi. O’sha payt hayolimga 5-mi 6-mi sinfda o’qiyatgan paytim qorli kunlarning birida Ilhom bilan qor odam yasaganimiz esimga tushib ketdi. Lekin darsda umuman boshqa narsani gapirib berdim. Chunki mandan avval gapirgan ikki ayol qayg’uliroq narsala haqida gapirishgandi, manam ularning mavzusini davom etdim.
Mandan avval hikoya qilganlardan birinchisi Somaliadagi hayotning qiyinligi haqida gapirdi. Chunki mani yonimda o’tirgan serbialik, otiyam nimedi, xullas qo’shiqchi Glyukozaga o’xshagan qiz musulmonla haqida hamma narsani bilmoqchi edi. O’zi hammayoni o’sha kasha qildi. “Turmush o’rtog’ila bilan qanday qilib tanishganilani aytib beringlar” deb turvolib. Somalialik ayol ham bopladi “u mani qo’shnim bo’lgan” deb, keyin rosa kuldi. Glyukozaga o’xshagan qiz uni mavzudan tashqari savollar bilan to’ldirib tashladi. Ana shundan keyin Somailadagi urushlar va musulmonlarning Somaliada qanday turmush qurish-yu qanday ajrashishlarigacha bilib oldik.
Ikkinchi bo’lib hikoya qilgan ayol uchun esa turmush mavzusi og’riqli mavzu ekan. Shunga qaramay u ham gapini hazil bilan boshladi, “birinchi turmush o’rtog’im bilan qanday tanishganimni aytib beraymi yoki oxirgisi bilan qanday tanishganimnimi ?”. Bundan oldin ikki marta turmush qurgan ekan u O’zbekistonlik koreys ayol .
Man esa internetda tanishgan bir yigit bilan uchrashishga kelishganim,uchrashuv man uchun speyshl moment bo’lishi mumkin edi-yu, ammo xafsalam pir bo’lgani haqida gapirdim. Suhbat oxirida manga internet orqali tanishmaslikni maslahat berishdi. Koshki shuni qilsam, man uchun shundayki, har bir ishni boshlaguncha muvafaqqiyatsizliklar uchraydi. Ularni faqat yengib o’tish kerak deb o’ylayman.
Hozir feysbukdagi do’stlarimni qarayotib yozgi maktab esimga tushib ketdi. Aslida shu maktabda o’qigan onlarim o’sha o’zgacha onlar ekanlgini anglab yetdim. Yozgi maktab – bu iyul oyidagi darslarning nomi, o’zi iyul oyida nima qilish mumkin bo’lsa yozgi deya boshlab ataladi. Masalan yozgi ish, yozgi ta’til, yozgi uy. Bu bir oylik maktab ertalab 9 dan tush payt 2 gacha davom etib, ona tili, matematika(kim hohlasa) darslarini va pljajga sayohat, piknik, sport majmuasiga tashrif, sinfda kino ko’rish kabi mashg’ulotlarini o’z ichiga olardi. Albatta tushlik ovqatimiz ham ta’minlangan edi. Manga hammasidan ham piknik yoqardi, piknikka chiqadigan kunlarimiz gamburger va kola berishardi tushlikka. Suv bo’yiga borardik. Plyajniku aytmasa ham bo’ladi qanaqa go’zalligini. Golf o’ynagandim, Mohammedali degan yosh o’qituvchi o’rgatib turgandi. Keyin u yerda yaxshi do’stlar orttirganman. Hozir ularning ikkitasi bilan gaplashib turaman feysbukda. Mana shu o’tgan yilgi iyun oyi o’ziga xos yoqimli bo’lgan. Dilimning bir chekkasida saqlanib turadi iliq xotira bo’lib. O’sha maktabda o’qigan paytlarim – mening hayotimdagi o’zgacha onlar.