Archive for Апрель, 2010
Bugungi ajoyib kun, detallarsiz.
Posted by birinson in Hamma narsa haqida fikrlarim. on 14.04.2010
Hech qanday uchrashuvga chaqiruvlar,
hech qanday vaqt belgilashlar,
lekin biz baribir uchrashdik.
Hech kim buni uchrashuv deb atamadi,
lekin biz birga o’tirardik.
Atrofda odamlar o’z tashvishi bilan, yonimizda bir yigit va qiz,
yigit baland ovozda gapirardi,
lekin kim ham ularni eshitardi,
biz o’zimizni rejalarimiz haqida gaplashayotgandik.
U nigohini stoldan ko’tardi, endi bir-birimizning ko’zlarimizga tikilib so’zlashardik, lekin gapimizdan adashib ketdik. Ko’zlari meni chalg’itdi, aytgan gapini yana takrorlashini so’ragandim, “o’zim ham bilmadim nima deganimni”-deb qoldi.
Shu zaylda men uchun soat degan narsa go’yo hali yaratilmagandi, lekin kimdir telefon degan narsani o’ylab topgan ekan-da.Uyga borish kerak.
”Sarguzashtli hayotimning tinch onlari” – balki aynan shu onlar uchun yashab kelgandirman.
Ritorik savol, javob shartamas
Posted by birinson in Hamma narsa haqida fikrlarim. on 03.04.2010
Politsiaga tushishimga sal qoldi. Qora tanli gavdali kishi savol bervotganda ovozim qaltirab javob bervotganimmi o’zim ham sezdim. U esa tepamdan ketmay javobimni kutardi. Deraza tomonga qaradimu qo’llarim ham titraganini sezib qo’llarimni qattiq tutib oldim. To’g'rimdagi ayol xavotirlanayapsanmi deb so’radi, “ota-onangga qo’ng’iroq qil, qanday holatda ekaningni aytib qo’y” – deb , maslahat berdi. Nima deyman ota-onamga, “tepamda bitta qora proyezdnoy tekshiruvchi turvolib passportini ko’rsat devotti” – deb aytamanmi, ula nima qilolishadi.
Kontrallant deb ataladigan proyezdnoy tekshiruvchilari o’sha yo’l chiptalarni qalbakilashtirmayaptimikan odamlar deb tekshiruv olib borishadi, yo’q bu negr mani passportimmi tekshirgisi kep qopti. Yonimda xujjatim bo’masa politsia chaqirarkan. Proyezdnoyim borde, yana xujjatim ham bo’lishi kere ekan. Tag’in san bizani ishimizi tushunishing kere mish ? Man ko’p ko’rganman tekshiruvchilarni, ayniqsa bu yil 5-6 marta uchratdim. Lekin hammasi proezdnoy borligini ko’rib “Rahmat” deyishardi. Bu esa o’zicha jonkuyarlik qivomman deb o’ylavottide ishiga, tirnog’i ichidan ham kir qidirib. Odamlar o’zicha ishimni bajarvomman deyishadiyu, lekin haddan oshirvorishadi, shunda kimlarnidir ko’nglini og’ritib qo’yishadi o’zlari bilmagan holda, keyin yurishadi “nega shuncha yildan beri farzand ko’rolmayapman, nega shuncha qilsam ham omadim yurishmayapti deb. Balki sal bu moddiy dunyoning qonunlarini unutib, odamlarga ham qararmiz. Odamlarning ichki dunyosiga. Qilayotgan ishimdan ko’proq foyda olaman deb boshqalarni hafa qilib qo’ymayapmanmi ? Yaxshilikni qaytishi qiyinrog’u, lekin yomonlik tez qaytadi. Arzirmikan shu qanchadir pul kelgusidagi baxtimizga dog’lar orttirib olishga ? Nima bo’lgandaham, baribir man proyezdnoyim bo’la turib 1200 kron shtraf to’liman, lekin rozimasman.